Vazirlar Mahkamasining “Kinematografiya fidokori” ko'krak nishonini ta'sis etish to'g'risida”gi qarori qabul qilindi.

Ko'krak nishoni bilan milliy kinematografiya sohasini rivojlantirish, badiiy va g'oyaviy jihatdan etuk fil`mlar yaratish, milliy fil`mlarni mahalliy va xorijiy kinobozorlarda keng targ'ib qilish, sohada zamonaviy va jahon tajribasiga asoslangan ishlab chiqarish va boshqaruv tizimlarini joriy etish ishlariga munosib hissa qo'shgan fuqarolar taqdirlanadi.

Ko'krak nishoni bilan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

Ko'krak nishoni har yili 28 dekabr` - Xalqaro kino kuni arafasida tantanali tarzda topshiriladi.

Ko'krak nishoni bilan taqdirlanganlarga bazaviy hisoblash miqdorining to'rt baravari miqdorida bir yo'la to'lanadigan pul mukofoti va esdalik sovg'alari beriladi.

Ko'krak nishoni bilan taqdirlanganlar ro'yxati Agentlikning rasmiy veb-saytida va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali e'lon qilinadi.