Kinematografiya agentligi tomonidan 28-sentyabr 3-oktyabr kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan “Ipak yoʻli durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida “Kino 5 kunda” loyihasi start oldi.

Unda yosh kinoijodkorlar yurtimizning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Samarqand, Namangan, Jizzax, Xorazm va boshqa viloyatlarida qisqa metrajli filmlarni suratga olish ishlarini boshlab yuborishdi.

Mazkur filmlar Toshkent xalqaro festivali hakamlar hayʼati va mutaxassislar tomonidan koʻrib chiqiladi. Munosib koʻrilgan kinokartinalar pul va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati