“Kinochilar uyi”ning nomi o'zgarmoqda

    Madaniyat 8 Iyun 2024 654

    “Kinematografiya sohasini yanada rivojlantirish hamda mamlakatimiz tarixiga bag'ishlangan fil`mlar turkumini yaratishga doir chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

    Qarorga muvofiq, Kinematografiya agentligiga mahalliy va xorijiy kinokompaniyalar bilan hamkorlik (co-production) asosida “Tirik tarix” dasturi doirasidagi fil`mlarni yaratishga ruxsat berildi.

    Shuningdek, “Kinochilar uyi” “O'zbekiston Milliy kino san'ati saroyi” deb qayta nomlandi.

    O'zbekiston milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi qoshida kinematografiya sohasi uchun o'rta maxsus mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash maktabi (kinomaktab) tashkil qilinadi.

    Respublikadagi oliy va o'rta-maxsus ta'lim muassasalarida, o'rta maktablarda kinolektoriylar, tuman (shahar)larda joylashgan madaniyat markazlarida milliy fil`mlarning bepul namoyishlari tashkil etiladi.

    Bunda, ushbu namoyishlar Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi huzuridagi axborot-mul`timedia striming platformasi (uzbekkino.uz) orqali amalga oshiriladi.