Kinokartinada jonivorlar hayoti haqida hikoyalar

    Toshkent hayvonot bogʻi haqida film suratga olinmoqda

    Kinematografiya agentligi va “Rossiya-Kultura” telekanali buyurtmasiga binoan “Hayvonlar haqida dialoglar” 16 qismli ilmiy-ommabop film suratga olinmoqda. Bu haqda “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK xabar berdi.

    Maʼlum qilinishicha, film “Hujjatli va kinoxronikal filmlar kinostudiyasi” hamda “2V” studiyasi bilan hamkorlikda tasvirga olinmoqda. Ssenariy muallifi va rejissyor Ivan Zatevaxin, postanovkachi operator Vladimir Kokorov.

    Kinokartinada Toshkent hayvonot bogʻidagi jonivorlar haqida hikoya qilinadi. Filmdan bogʻ mutasaddilari, soha mutaxassislari va boshqalar bilan suhbatlar, dialoglar joy olgan.