“Kinokarvon” dasturidan hududlarda taniqli kinoijodkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari, fotosessiyalar va yangi fil`mlar namoyishlari o'rin olgan. Namoyishlarda fil`mlar ijodkorlari ham ishtirok etishadi.
eslatib o'tish joizki, “O'zbekkino” Milliy agentligining “Kinokarvon” loyihasi joylarda aholini tomonidan juda iliq kutib olinmoqda. Bu loyiha tomoshabinlar tomonidan qo'llab-quvvatlanib, shu kabi namoyish va uchrashuvlarni ko'paytirish takliflari kelib tushmoqda. Loyiha joylarda aholining kayfiyatiga va yuqori madaniy hordiq chiqarishiga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda.