Bugun Kinematografiya agentligi “Yoshlik” kinostudiyasida kinooperator Azizbek Arziqulov tomonidan kinooperatorlikda uslub yaratish, dramaturgiya va rejissura qoidalari, janr xususiyatlari borasida mahorat darsi boʻlib oʻtdi.

Unda kinooperatorlik yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalarning ijodiy ishlari koʻrsatildi, shuningdek, Agentlik tomonidan tashkil etilayotgan yangi tanlovlar borasida maʼlumotlar berildi.

Mahorat darsida Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti tayanch doktoranti Otajon Dostonovning kino sanʼatiga bagʻishlangan ilmiy tadqiqot ishi ham muhokama qilindi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati