TIV maʼlumotiga koʻra, uchrashuvda iqtisodiy diplomatiyani faol rivojlantirish, savdo-sanoat palatalari oʻrtasida hamkorlikni oʻrnatish, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari oʻrtasida sheriklik aloqalarini yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama etildi. Shu nuqtai nazardan, mamlakatimiz bozoriga kirishga qiziqish bildirgan Kipr Respublikasining yetakchi kompaniyalari vakillarining Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etishga oʻzaro tayyorlik bildirildi.
Tomonlar, shuningdek, “yashil” energetika, toʻqimachilik, turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish kabi sohalarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalarini ham muhokama qildilar, deb xabar beradi “Dunyo” AA.