Kiritilgan xorijiy sarmoyalarning yillik hajmi 10 milliard dollarga yetdi

    Hukumat 27 Aprel 2023 1021

    Davlatimiz rahbari yutuqlarga munosib hissa qoʻshayotgan barchaga chuqur minnatdorlik hamda yuksak hurmat va ehtiromini bildirdi.

    Islohotlar natijasida Oʻzbekistonning mintaqadagi iqtisodiyoti eng yuqori diversifikatsiya qilingan mamlakat sifatidagi maqomi yanada mustahkamlangani qayd etildi.

    Bir yilning oʻzida 100 mingga yaqin yangi korxonalar tashkil qilindi, kiritilgan xorijiy sarmoyalarning yillik hajmi 10 milliard dollarga yetdi yoki islohotlar boshlangan 2017-yilga nisbatan 3 barobar oshdi, 1 millionga yaqin aholi kambagʻallikdan chiqarilib, kambagʻallik darajasi 17 foizdan 14 foizga tushirildi. Islohotlar boshlangan davrda bu koʻrsatkich 30 foizdan yuqori edi.

    “Albatta, bu yutuqlarda siz, hurmatli hamkorlarimizning oʻrni beqiyos. Oxirgi yillarda sizlarning koʻmagingiz bilan mamlakatimizda minglab zamonaviy korxonalar tashkil qilindi, yirik loyihalar amalga oshirildi, yuz minglab yuqori daromadli yangi ish oʻrinlari yaratildi”, - dedi Prezidentimiz.

    Davlatimiz rahbari ana shunday yutuqlarga munosib hissa qoʻshayotgan barcha xorijiy va mahalliy investorlarga, hamkor davlatlar hukumatlariga, xalqaro moliya institutlariga chuqur minnatdorlik hamda yuksak hurmat va ehtiromini bildirdi.