Kishan Devaney Toshkent tibbiyot akademiyasiga tashrif buyurdi

    Toshkent tibbiyot akademiyasiga 2022-yil 5-may kuni Buyuk Britaniya xalqaro ishbilarmonlar klubi raisi Kishan Devaney hamda "EdLogica" direktori Vishal Joshi tashrif buyurdi.

    Uchrashuvda o'quv ishlari bo'yicha prorektor, xalqaro aloqalar bo'limi vakillari ishtirok etdi. Uchrashuvda tomonlar Hindistondan talabalarni jalb qilish sohasida hamkorlikni yo'lga qo'yish va maxsus ishchi guruh tuzish, shuningdek, hamkorlikni qadamma-qadam amalga oshirish borasida fikr almashdi, deb yozmoqda TTA matbuot xizmati.

    O'ylaymizki, mazkur hamkorlik ham TTAning istiqbolli ertasi uchun yana bir muhim qadam bo'ladi.