“Katta dengiz qisqichbaqasi ovlayotgan edim, – deb hikoya qiladi voqea qahramoni. – Kutilmaganda kuchli siltashni his qildim. Keyin esa butunlay qorongʻulikka tushib qoldim. Men harakat qilayotganimni sezib turgan boʻlsamda, bir narsa meni qattiq siqardi.”
Mayklning aytishicha, avvaliga u oʻziga akula hujum qilgan deb oʻylaydi. Ammo tishlar oʻziga zarar yetkazmaganini bilgach kit oshqozoniga tushganini sezadi. “Men butunlay ichkarida edim. Shunda kunim bitganiga ishonch hosil qildim. Birdan oʻgʻlimni oʻyladim”, deydi u.
Ammo drayver taslim boʻlmaydi. Qattiq qarshilik koʻrsatib, harakat qiladi. Bundan bezovta boʻlgan kit ogʻziga suv toʻldiradida qaytarib chiqaradi. Suv bilan Maykl ham dengizga chiqadi. Drayverning aytishicha, u taxminan 30-40 soniya bukri kitning oshqozonida boʻlgan.