Ayni kunlarda Nmangan viloyatida “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar hamda “Maʼnaviyat festivali” boʻlib oʻtmoqda. Aholi vakillari poytaxtdan kelgan 200 nafarga yaqin olimlar, sanʼat vakillari, adabiyot namoyondalarini koʻtarinki kayfiyat bilan kutib olishdi.
Aholi orasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, yosh avlodni mutolaaga boʻlgan mehrini yuksaltirish maqsadida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati tomonidan jahon va milliy adabiyotimiz durdonalaridan iborat 10 mingdan ziyod kitoblarni oʻz ichiga olgan “Kitob karvoni” shahridan Damas avtomashinalarida 13 ta tumanlarga yoʻl oldi.
Tadbir davomida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov kitob har birimiz uchun beminnat ustoz ekanligini taʼkidlab, undan olinadigan bilim va maʼnaviy quvvatni hech bir manba bera olmasligini aytdi. Shuningdek, bugungi “Kitob karvoni” doirasida Namangan viloyatining tumanlariga yuborilayotgan kitoblar ham ilmga tashna yuraklarga chinakam maʼnaviy sovgʻa boʻlishiga ishonishini bildirdi.