“Kitob karvoni” Qoraqalpog'istonda

    Karvon jahon va milliy adabiyotimiz durdonalaridan iborat o'zbek, qoraqalpoq tilidagi 5000 dan ortiq nusxadagi kitoblarni o'z ichiga olgan

    Mana, bir necha kundirki, Qoraqalpog'iston Respublikasida “Ma'naviyat festivali” doirasida turli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, uchrashuvlar bo'lib o'tmoqda. Tadbirlar doirasida respublikaning barcha tumanlariga “Kitob karvoni” kirib keldi.

    Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “Ma'rifat” targ'ibotchilar jamiyati hamkorligida aholida kitobxonlik madaniyatini oshirish, yosh avlodni mutolaaga bo'lgan mehrini yuksaltirish maqsadida jahon va milliy adabiyotimiz durdonalaridan iborat o'zbek, qoraqalpoq tilidagi 5 000 dan ortiq nusxadagi kitoblarni o'z ichiga olgan “Kitob karvoni” Nukus shahridan tumanlarga yo'l oldi.

    Ushbu kitoblar aholining barcha qatlamlarini ta'minlash maqsadida maktablar, mahallalardagi kutubxonalarga bepul tarqatiladi.