Kitob oʻqigan mahbuslarning jazo muddati qisqartirilishi mumkin

    Mahkumlar oʻqiydigan adabiyotlar roʻyxati Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan tasdiqlanadi.

    “Milliy tiklanish” partiyasi xorijiy tajribadan kelib chiqib, bir necha yillardan buyon kitobxon mahkumlarning jazo muddatini qisqartirish taklifini ilgari surib kelayotgan edi. Nihoyat bu boʻyicha qonun loyihasi ishlab chiqildi, deb yozadi partiya matbuot xizmati.

    Unga koʻra, tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha 1 ta kitob oʻqigan va belgilangan imtihonni topshirgan mahkumning jazo muddati 3 kunga qisqartiriladi. Bunda yiliga koʻpi bilan 10 ta kitob oʻqish mumkinligi belgilanyapti.

    Mahkumlar oʻqiydigan adabiyotlar roʻyxati Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan tasdiqlanadi.