Лого Лого-пв-уз

    Surxondaryoda “Oʻzbekiston anorchilar kuni” respublika festivali oʻtkazildi

    Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida “Oʻzbekiston anorchilar kuni” respublika festivali oʻtkazildi.

    Yevropa Ittifoqi komissiyasi, Jahon banki, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi va Oʻzbekiston anorchilar assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda xorijlik va mahalliy mutaxassislar, mamlakatimizning barcha hududlaridan anor yetishtiruvchilar ishtirok etdi.

    Sherobod tumanidagi “Sherobod Anor Impex” masʼuliyati cheklangan jamiyati hududida mamlakatimizda yetishtiriladigan anor koʻrgazmalarini tashkil etildi.

    Festival kun tartibidan koʻpgina qiziqarli tadbirlar oʻrin oldi. Ular orasida koʻrgazma va anor maydonlari boʻylab ekskursiyalar, degustatsiya jarayonlari, anorni qayta ishlash korxonasiga sayohat, seminarlar hamda tanlovlar va sovrinli oʻyinlar boʻldi.

    Festivalda Xalqaro moliya tashkilotlari va Ozarbayjon, Turkiya, Koreya, Xitoy, Tojikiston, Afgʻoniston va Eron kabi xorijiy mamlakatlar vakillari ham qatnashdi.