SHuningdek Prezidentimizning Oliy Majlisga murojaatnomasida tashabbuskor islohotchi bo'lib maydonga chiqadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalashimiz zarurligiga alohida e'tibor qaratildi.
YUrtimizda yosh avlodni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ma'naviyatini yuksaltirish va jismoniy barkomol bo'lib ulg'ayishiga katta ahamiyat berilmoqda. Bunday ezgu ishlar bojxona organlarida ham izchil amalga oshirilmoqda.
YOshlar o'rtasida kitobga bo'lgan qiziqishni oshirish, ularni kitob o'qishga qiziqtirish va shu orqali mustaqil fikr-mulohaza qilishlariga undash, jahon ilm-fani va madaniyati yutuqlaridan bahramand etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil
12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ibot qilish bo'yicha komissiya tuzish to'g'risida”gi farmoyishi qabul qilingan edi.
SHu munosabat bilan 2020 yil 24 iyun` kuni Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Sirdaryo viloyat boshqarmasi, YOshlar ittifoqining viloyat kengashi va «O'zbekiston davlat kitob savdo ta'minoti» Ma'suliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlikda kitob yarmarkasi tashkil etildi.
Unda mamlakatimizdagi etakchi nashriyotlarning 1000 dan ortiq nomdagi ilmiy va badiiy nashrlari taqdim etildi. YArmarka doirasida taqdim etilgan bir qator adabiyotlar, jumladan buyuk bobokalonimiz Amir Temur hayotlari va bosib o'tgan yo'llari haqida, taniqli adiblarimiz Abdulla Qodiriy, O'tkir Xoshimov, Tohir Malik, Xudoyberdi To'xtaboevning bir qator asarlari va boshqa adabiyotlar tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg'otdi.
Barchamiz ana shunday tadbirlarni ko'paytirish tarafdorimiz.
Zero, kitobxonlik bugun barcha soha vakillari uchun suv va havodek zarur.
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Axborot xizmati