Fransuz adibi Viktor Gyugoning fikricha, kitoblar jonsiz, ammo sodiq doʻstdir. Bu fikr magʻzini chaqsangiz, albatta, kitobning inson hayotida qanchalik muhim oʻrin tutishini yaxshi anglaysiz va uni oʻzingizga doʻst tutasiz.
Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasida har oyning ikkinchi payshanbasida “Maʼnaviyat va kitobxonlik soati” tashkil etilmoqda. Unda xodimlar oʻqigan kitoblari haqida qisqacha maʼlumotlar berib, uni oʻqishga tavsiya qiladi.
Navbatdagi “Maʼnaviyat va kitobxonlik soati”da ayni kunda oʻz tavallud kunlarini nishonlayotgan buyuk shoir va mutafakkir bobolarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi haqida yozilgan badiiy adabiyotlar haqida toʻxtalib oʻtildi. Shuningdek, xodimlar oʻzlari oʻqigan kitoblardan olgan taassurotlari haqida gapirib, hamkasblariga ham albatta oʻqishni tavsiya qilishdi.
DXA Toshkent viloyati boshqarmasi
matbuot xizmati










