Klara Jalilova vafot etdi

    Tashvishli xabar 20 Noyabr 2020 852

    Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Klara Jalilova 82 yoshida vafot etdi.

    Aktrisa “Maftuningman”, “Kelinlar qoʻzgʻoloni”, “Chinor tagidagi duel”, “Temir xotin”, “Temir erkak”, “Niqob” kabi filmlarda oʻzga xos rollarni ijro etgan. Ayniqsa, “Maftuningman” filmidagi roli oʻzbek xalqining yuragidan joy olgan.

    “Yangi Oʻzbekiston” — “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati jamoasi marhumaning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.