Qishloq xoʻjaligi klasteri tasarrufida ilgʻor boʻlimlar talaygina. Shulardan biri 29-boʻlim hisoblanib, boʻlimda Salohiddin Rohatov boshchiligida samarali ishlar olib borilmoqda.
Natijada esa paxta va gʻalladan moʻl hosil olishga erishilyapti. Shu bois boʻlim boshligʻining mehnatlari klaster korxonasi maʼmuriyati tomonidan alohida eʼtiborga olinib, mehnatlariga munosib ragʻbatlantirishga kirishildi.
Salohiddin Rohatovga “Sayyora favvorasi” xususiy korxonasi paxta toʻqimachilik klasterining moliyaviy masalalari boʻyicha direktori Bahodirjon Qodirov hamda moliyaviy masalalar boʻyicha maslahatchisi Farohiddin Ibragimovlar yangi “Cobalt-2” avtomashinasini tantanali ravishda topshirdilar.
-Yil boʻyi qilgan mehnatlarim beiz ketgani yoʻq, -deydi Boʻston tumanidagi “Sayyora favvorasi” xususiy korxonasi paxta toʻqimachilik klasterining 29-boʻlimi boshligʻi Salohiddin Rohatov. –Mana bugun oʻz mehnatlarimga yarasha munosib ragʻbatlantirildim.
Tadbir davomida qishloq xoʻjaligi klasterida yangi tashkil etilgan sabzavotchilik boʻlimi xodimlariga ham “Damas” xizmat avtomashinasi topshirildi.
Maʼlumot uchun umumiy ekin maydoni qariyb, 1786 gektardan iborat mazkur qishloq xoʻjaligi klasterida 34 ta boʻlim mavjud boʻlib, ularda klaster korxonasi rahbari tomonidan tayinlangan boʻlim boshliqlari ish olib bormoqdalar.
Ilhomjon TOJIBOYEV,
Andijon viloyati Boʻston tumanidagi “Sayyora favvorasi” xususiy korxonasi
paxta toʻqimachilik klasteri matbuot xizmatchisi.