Hozirgi zamon kishilari muammosi — ularning ratsionida oldindan tozalangan (oqlangan) oziq-ovqat mahsulotlarining ko'pligidir. Aytish joizki, bunday oziq-ovqatlarni iste'mol qilish ortiqcha vazn va semizlikka olib keladi. Ular tarkibida dag'al va yumshoq ozuqa tolalari yo'qligi sababli odam ovqatlanish paytida to'yganini bilmaydi. Natijada organizm talab qilmasa ham eyishda davom etaveradi.
Kletchatka – bizning tanamizdagi ko'pchilik a'zolarning to'g'ri faoliyat ko'rsatishini ta'minlaydigan muhim modda hisoblanib, ovqat hazm qilish tizimini nojo'ya mahsulotlardan, shu jumladan toksinlardan tozalashga yordam beradi.
Kletchatka taomga hajm berib, ovqatni ichaklarda turib qolishining oldini oladi. Shuningdek, kletchatka shakar va boshqa uglevodlarni ichaklarda so'rilishini sekinlashtiradi, qolaversa, yuzni sog'lom rangda bo'lishiga yordam beradi.
Kletchatka ko'katlar, sabzavotlar, mevalar, dukkaklilar, yormalar tarkibida ko'p bo'ladi.
Organizmdagi balansni saqlab turish uchun, tarkibida klechatkalarga boy bo'lgan o'simliklardan tayyorlangan xilma-xil oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilish lozim.
Internet manbalari asosida tayyorlandi








