Jiddada oʻtayotgan klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida finalga chiqqan jamoalar nomi maʼlum boʻldi.
Dastlabki yarim final oʻyinda Libertadores Kubogi gʻolibi “Fluminense”(Braziliya) Afrikaning eng kuchli klubi “Al Ahli”(Misr)ni 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchratib, final yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan edi.
Kecha ikkinchi yarim final bahsi boʻlib oʻtdi. Unda Yevropaning eng kuchli jamoasi “Manchester Siti”(Angliya) OCHL gʻolibi “Urava Red”(Yaponiya) darvozasiga javobsiz 3ta toʻp kiritdi.
Final oʻyin 22-dekabr kuni boʻlib oʻtadi. “Fluminense” “Manchester Siti” bilan chempionlik uchun kurashadi. Uchinchi oʻrin uchun bahsda esa “Urava” “Al Ahli” bilan bellashadi.