“Xavf-xatarlarga kelsak, nazariy jihatdan “Yanona milliy harakat” jamoasining hokimiyatga kelishini tasavvur qilsak, masalan, noyabrgacha, saylovlardan keyin, kafolat beraman ikki-uch oy ichida emas, bir necha kundan keyin Gruziya ikkinchi frontga aylanadi”, deydi siyosatchi.
Bosh vazir voqealarning bunday rivojlanishi mumkinligiga mavjud ma'lumotlar va o'tgan tajribaga asoslanib kafolat bera olishini qo'shimcha qildi.
Gruziyaning hukmron partiyasi vakillarining aytishicha, Ukraina rasmiylari va ularning muxolifatdagi “Yagona milliy harakat” partiyasi tarafdorlari Gruziyada Rossiyaga qarshi “ikkinchi front” ochmoqchi ekanliklarini bir necha bor ta'kidlagan. Mamlakat rahbariyati ham respublikaning “ukrainlashuvi”ning oldini olishga va'da berdi.
26-oktabr kuni Gruziyada parlament saylovlari bo'lib o'tadi. Saylovlar uchun Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining “Yagona milliy harakat” muxolifat partiyasi “Agmashenebeli strategiyasi” partiyasi va boshqa siyosatchilar bilan “Gruziyani qutqarish uchun birlik” nomli yangi siyosiy uyushma tuzdi, deb xabar beradi ria.ru.