баннер
27 Mar 2025
07:49

    Kobulda Oʻzbekiston qurilish materiallari uchun savdo uyi ochiladi

    Shu oy boshida Afgʻonistonning Mozori-Sharif shahrida 220 kv.m maydonda Oʻzbekiston savdo uyi ochilgandi.

    Afgʻoniston poytaxti Kobul shahrida Oʻzbekiston qurilish materiallari uchun savdo uyi ochiladi.

    Bu haqda Savdo-sanoat palatasi xabar qildi.

    Taʼkidlanishicha, ushbu savdo uyi 570 kv.m maydonda joylashgan shourum hamda 500 kv.m maydonda mahsulotlarni saqlash uchun omborxonadan tashkil topgan.

    Tadbirkorlar oʻz mahsulotlarini qulay shartlar asosida joylashtirish imkoniga ega boʻlib, mahalliy kompaniyalar bilan bevosita muzokaralar olib borishlari mumkin.

    Eslatib oʻtamiz, shu yilning mart oyi boshida Afgʻonistonning Mozori-Sharif shahrida Oʻzbekiston savdo uyi ochilgandi.

    Ushbu savdo uyi 220 kv.m maydonda joylashgan boʻlib, mahsulotlarini Afgʻoniston bozoriga chiqarish, hamkorlar topish va eksportni kengaytirish uchun qulay platforma boʻlib xizmat qilmoqda.

    Unda farmatsevtika, elektrotexnika va qurilish materiallari uchun doimiy faoliyat yurituvchi shourum va omborxona faoliyat koʻrsatadi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech