Taʼkidlanishicha, ushbu xabar eʼlon qilinishidan avval, bu holat boʼyicha ayolga yordam koʼrsatilgan.

Shu kuni Mirobod tumani IIO FMB profilaktika inspektori oʼziga biriktirilgan hududni koʼzdan kechirayotgan vaqtida yerda yotgan ayolni koʼrib qolgan.

Аyol tibbiy yordamga muhtojligi sababli profilaktika inspektori tez-tibbiy yordam xizmatini chaqirtirgan.

Oʼrganish jarayonida 60 yoshli M.А.ning doimiy yashash joyi yoʼqligi maʼlum boʼldi.

Аyol tez-tibbiy yordam xizmati xodimlari tomonidan yaqin oradagi shifoxonaga olib borilgan va unga birinchi tibbiy yordam koʼrsatilgan.