Koʻchatlar sugʻorish tizimi yoʻq hududlarga ekilgani sabab 10 million nihol nobud boʻlgan

    Hukumat 11 Avgust 2023 1537

    Har bir viloyat bahor va kuz mavsumida 15 million tup daraxt koʻchatlari ekiladi.

    “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barcha hududlarda koʻkalamzorlashtirish darajasini 30 foizga yetkazish boʻyicha katta dastur qabul qilingan. Buning uchun:

    - har bir viloyat bahor va kuz mavsumida 15 million tup daraxt koʻchatlari ekishi;

    - barcha shaharlar atrofida “yashil belbogʻ”lar tashkil qilish zarur.

    Lekin ayrim rahbarlar bu ishlarni oʻz holiga tashlab qoʻygani tanqid qilindi. Masalan, koʻchatlar sugʻorish tizimi yoʻq hududlarga ekilgani sabab 10 million nihol nobud boʻlgan. Daraxt koʻchatlarini yoʻllar boʻyida ekish ishlari 33 ta tuman va shaharda umuman bajarilmagan.

    Davltimiz rahbari oʻz hududida ekologik vaziyatni yaxshilash, aholiga qulay yashash va toza havo muhitini yaratish endilikda hokimlarning eng asosiy vazifalaridan biri boʻlishini taʼkidladi.

    Barcha tizim va hudud rahbarlariga mahallalar, aholi punktlari, koʻp qavatli bino, hovlilarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha targʻibot ishlarini kuchaytirish topshirildi.