Nizom quyidagilarni belgilaydi:
- respublika hududlarini kadastr boʻyicha boʻlish tarkibi va tamoyillari;
- kadastr va koʻchmas mulklarni roʻyxatdan oʻtkazish integratsion axborot tizimida koʻchmas mulk obyektlarining kadastr raqamlarini shakllantirish;
- kadastr raqamlarini koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha toifalashtirish orqali ularni hisobga olish va hisobini yuritish.
Kadastr agentligiga 2024-yil 1-dekabrgacha Oʻzbekistonning maʼmuriy-hududiy birliklarini tuzish, tugatish va ularning chegaralaridagi oʻzgarishlarni inobatga olgan holda koʻchmas mulklarning yangi kadastr raqamlarini shakllantirish uchun UZKAD tizimiga texnik tuzatishlar kiritilishini taʼminlash topshirildi.
Yer uchastkalari, binolar va inshootlarni identifikatsiya qilish tizimi yagona tamoyil asosida tuzilgan boʻlib, uning asosiga yer uchastkasining kadastr raqami kiritilgan.
Kadastr raqami — yer uchastkasi, bino, inshootga tegishli Oʻzbekiston hududida takrorlanmaydigan raqamdir, u qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda uni shakllantirishda beriladi va u roʻyxatdan oʻtkazilgan huquqning yagona obyekti sifatida mavjud boʻlguniga qadar saqlanib qoladi.
Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 12.09.2024-yildan kuchga kirdi.