Reglamentga koʻra, davlat xizmati quyidagilar boʻyicha koʻrsatiladi:
- fuqaroning yashash joyi manzili toʻgʻrisidagi notoʻgʻri maʼlumotni tahrirlash boʻyicha murojaati asosida tizimda tahrirlangan qayd varagʻi berish;
- mulkdorning koʻchmas mulkida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan shaxs (shaxslar) toʻgʻrisidagi notoʻgʻri maʼlumotni tahrirlash boʻyicha murojaati asosida tizimda manzil boʻyicha roʻyxatdan oʻtganlar haqida tahrirlangan maʼlumotnoma berish.
Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti va uning hududiy boʻlinmalari mazkur sohada vakolatli organ hisoblanadi.
Ariza beruvchi soʻrovnoma berish uchun vakolatli organ yoki davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etadi yoki YAIDXP (my.gov.uz) davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
Vakolatli organga kelib tushgan soʻrovnoma 3 ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.
Vakolatli organ tomonidan soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻrganish natijalariga koʻra, tahrirlangan maʼlumot tizim orqali QR-kod qoʻygan holda tasdiqlanadi hamda shu kunning oʻzida ariza beruvchiga xabarnoma yuboriladi.