Kogon shahrida 280 o'rinli zamonaviy bog'cha foydalanishga topshirildi

    Bolajonlar qamrovi 280 nafarga etkazilgan bog'cha aqlni peshlaydigan, bilimni charxlaydigan zamonaviy ta'lim-tarbiya vositalari bilan jihozlangan, deb xabar beradi  Kogon shahar hokimligi matbuot xizmati.

    Muassasada bolajonlarning ovqatlanishi, dam olishi, turli to'garaklarda shug'ullanishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Sanitariya-gigiena tarmog'i, tibbiyot xonasi, yosh guruhlari uchun xonalar, musiqa zali, alohida oshxona, umumiy ovqatlanish zali, yozgi ayvonchalar, o'yin maydonchalari barpo etildi. Bu esa maskanda tarbiyalanayotgan bolajonlarning maktabga tayyorgarlik darajasini oshirishga xizmat qiladi. ”Mehri dil” MCHJ quruvchilari tomonidan bunyod etilgan muassasaga 4 milliard 285 million so'm mablag' sarflangan.

    — Prezidentimizning maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirish, ayniqsa, chekka qishloq bolalarini maktabgacha ta'limga jalb etishga qaratilayotgan e'tibordan mamnunmiz, – deydi mahalla faollaridan biri Nozima Saidova. — SHu e'tibor tufayli mahallamizda zamonaviy maktabgacha ta'lim muassasasi barpo etildi. YAngi muassasada bolalarni har tomonlama barkamol tarbiyalash uchun barcha sharoit bor.

    YAngi MTMning foydalanishga topshirish marosimi tantanaga aylandi. Unda so'z olganlar zamonaviy bolalar bog'chalari maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy, aqliy rivojlanishida keng imkoniyat yaratib berishini ta'kidlagani holda quruvchilarga minnatdorlik bildirdi. Muhimi, ota-onalar muassasada farzandlari uchun yaratilgan shart-sharoit bilan yaqindan tanishib, juda xursand bo'ldi.