Birinchi bosqichda 300 million dollarlik loyiha amalga oshiriladi.
Bu – viloyat iqtisodiyotiga yiliga 250 million dollar qo'shilgan qiymat, 2 mingta ish o'rni, 250 milliard so'm soliq tushumi va 100 million dollar eksport beradi.
Yаngi majmua tajribasini, jalb qilingan mutaxassislar bilimini boshqa sanoat zonalariga tatbiq qilish kerakligi aytildi.
Mutasaddilarga sanoat zonalari bo'yicha imtiyoz va sharoitlari jozibador bo'lgan yangi qonunlar paketini kiritish topshirildi.