Festivalda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasi, folklor jamoalari chiqishlari, konsert dasturlari, tasviriy san’at asarlari namoyishi, hunarmadchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi, darbozlar o‘yini, xon va ayonlari chiqishi, qo‘g‘irchoq teatri tomoshalari, milliy taomlar tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari, xorazm nonini tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari, milliy liboslar ko‘rgazmasi, jonli ijrodagi sahna ko‘rinishlari va boshqa madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tadi.
Bundan tashqari, turli meva-sabzavotlar, poliz ekinlari, qandolat va asalarichilik, hunarmandchilik, chorvachilik va baliqchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi ham tashkil etiladi, deb xabar beradi Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati.