KOICA vakillari Mirzaobod tumanida

    Ijtimoiy hayot 15 Iyun 2022 1922

    Koreya hamkorlik agentligi (KOICA) vakillari Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida boʻldi.

    Agentlik uzoq yillar davomida Oʻzbekiston bilan bir qancha sohalarda, jumladan sogʻliqni saqlash, taʼlim, axborot texnologiyalari, kommunal xizmatlar, qishloq va suv xoʻjaligi, energetika, transport va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha doimiy hamkorlik qilib keladi.

    Agentlikning “Sirdaryo viloyatidagi aholining zaif qatlamini qoʻllab-quvvatlash dasturi” loyihasini hamkorlikda amalga oshirish boʻyicha imzolangan Hamkorlik memorandumiga asosan 2020-yilda Oqoltin tumanidagi “Shodlik”, Sardoba tumanidagi “Birlik” MFY hamda Mirzaobod tumanidagi “Dehqonobod” mahallasida “Mahalla aholisini kasb-hunarga oʻqitish maskanlari” tashkil etilgan boʻlib, bugungi kunda aholi xizmatida.

    Janubiy Koreyaning Kemyon madaniyat instituti professori Pak In Ju boshchiligidagi delegatsiya vakillari Mirzaobod tumaniga tashrif buyurib, markazning ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

    Shu kunning oʻzida tumanning “Navroʻz” mahallasida tuman xotin-qizlar tadbirkorlik markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

    Ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi xotin-qizlar tadbirkorlik markazi direktori Nodirbek Nazarov, Sirdaryo viloyat xotin-qizlar tadbirkorlik markazi direktori Gulnora Oʻlmasova, Koreya hamkorlik agentligi (KOICA) vakillari, Kemyon madaniyat instituti professorlari Kim Yun Son, Pak In Ju, kafedra mudiri Kim San Mi, kafedra mutaxassisi Li Sung Xa ishtirok etdi.

    — Tadbirkorlik va kasb-hunarga tayyorlash qisqa oʻquv kurslari boʻyicha viloyat xotin-qizlar tadbirkorlik markazi tomonidan joriy yil oʻtgan 5 oyi mobaynida jami 4 127 nafar xotin-qizlar oʻqitilib, sertifikatlar berildi, — deydi viloyat xotin-qizlar tadbirkorlik markazi direktori Gulnora Oʻlmasova. – Bugun foydalanishga topshirilgan markazda hunar oʻrganishga ishtiyoqi boʻlgan ishsiz xotin-qizlarga tikuvchilik va kashtachilik, pazandachilik va qandolatchilik, sartaroshlik, milliy hunarmandchilik, agrar soha, psixologiya, axborot texnologiyalari kabi yoʻnalishlarda kasb-hunarga oʻqitiladi.

    Dilfuza Jarbekova,

    Sirdaryo viloyat

    Oila va xotin-qizlar boshqarmasi

    Matbuot xizmati rahbari.