Har uchala modda ham karboksilik kislotalar bo'lib, hayotning “qurilish bloklari” hisoblanadi. Bu kashfiyot ularning koinotda mavjudligini va Yerga meteorit va kometalar tomonidan olib kelingan bo'lishi mumkinligini tasdiqlaydi.

Karbonat kislotasi sayyoramizda keng tarqalgan element hisoblanadi. U, xususan, gazlangan ichimliklarda CO2 suvda eriganida hosil bo'ladi. U okeanlarning kislotalanishi uchun muhim rol o'ynaydi.

Shuningdek, karbonat kislotasi Merkuriy va Marsda, Yupiterning bir nechta tabiiy yo'ldoshlari va kometalarda mavjud. Yangi ilmiy ish mualliflari Somon yo'li markazi yaqinida joylashgan G+0,693-0,027 molekulyar bulutni o'rganib chiqdi va bu moddaning o'sha yerda ham borligini aniqladi, deb xabar beradi mir24.tv.