Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, “Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida”gi qonunga koʻra tovarni muayyan geografik obyekt hududidan kelib chiqqan tovar sifatida identifikatsiyalovchi belgi geografik koʻrsatkich deb eʼtirof etilib, unda tovarning sifati, nom qozonganligi yoki boshqa xususiyatlari uning geografik jihatdan kelib chiqishiga sezilarli darajada bogʻliq boʻladi.
Adliya vazirligi geografik koʻrsatkichlarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi.
Ayni paytda Respublika boʻyicha jami 11 ta hudud geografik koʻrsatkich sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
Geografik koʻrsatkichlar sonining oshishi hududlarga turistik oqimning koʻpayishiga, “gastronomik turizm”ning rivojlanishiga va umuman, hududlar turistik jozibadorligini oshirishga yordam berishi aytiladi.
Respublika miqyosida 208 ta tuman ichidan 11-boʻlib, Qashqadaryo viloyatida esa ikkinchi boʻlib roʻyxatdan oʻtkazilgan ushbu geografik koʻrsatkich haqidagi xabarnoma Koʻkdala tuman hokimligiga topshirildi.
(Maʼlumot uchun, 2023-yil 8-yanvar kuni “Gʻuzor tandir goʻshti” ham geografik koʻrsatkich sifatida Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.)
Xulosa qilib aytganda, geografik koʻrsatkichlar sonini oshishi hududlarga turistik oqimining koʻpayishiga, “gastronomik turizm”ni rivojlantirishga va umuman, hududlarning turistik jozibadorligini oshirishga yordam beradi.