"O‘zgidromet"ning xabar berishicha, bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 12-17° iliq bo‘ladi.
Poytaxtimizda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 13-15° iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Havo harorati 3-8° iliq bo‘ladi.