Davlatimiz rahbari yig'ilganlarni samimiy qutladi.

“Yurtimizdagi 22 milliondan ziyod yoshlarimiz timsolida biz juda katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuchni ko'ramiz”, – dedi Prezidentimiz.

Har bir vazir, hokim, oliygoh rektori, texnikum, maktab direktori va boshqa mas'ullar hududidagi yoshlarning til va kasb-hunar o'rganishi, sport bilan shug'ullanishi, g'oya, loyiha va startapiga ko'mak berib, ularni o'stirishi, ishli va daromadli qilib, birorta yoshni e'tiborsiz qoldirmaslikka yanada katta mas'uliyat bilan yondashib ishlashi lozimligi qayd etildi.