Kollej va texnikumlarga qabul parametrlari tasdiqlandi

    Oʻzbekistonda kollej va texnikumlarga jami 106 256 ta qabul kvotasi tasdiqlandi.

    Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

    Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrugʻi bilan 2024/2025 oʻquv yilida kollej va texnikumlarga kunduzgi, kechki, sirtqi va dual taʼlim shakllari boʻyicha jami 106 256 ta qabul kvotasi tasdiqlandi.

    Shundan:

    — 45 ta kollej uchun — 15 ming 977 ta;

    — 218 ta texnikum uchun — 90 ming 279 ta.