Kolumbiya Prezidenti “buqalar jangi”ni taqiqlovchi qonunni imzoladi

    Kolumbiya Gustavo Petro 2027-yildan boshlab “buqalar jangi”ni taqiqlovchi qonunni imzoladi.

    Parlament tomonidan ma'qullangan qonunda “buqalar jangi” to'liq taqiqlanguncha uch yillik o'tish davri ko'zda tutildi. Bu vaqt mobaynida hukumat tomonidan hayvonlarni himoya qilish uchun belgilangan shartlarga rioya qilgan holda, Kolumbiyada “buqalar jangi”ning an'anaviy shakli o'tkazilishiga ruxsat beriladi. Rasmiylarga ko'ra, o'tish davri mazkur faoliyat turi bilan shug'ullanadigan odamlarga daromad olish uchun yangi ish topish imkonini beradi.

    Lotin Amerikasida Venesuela, Meksika, Peru va Ekvadorda “buqalar jangi” hali ham to'liq taqiqlangani yo'q. Kolumbiyada uni taqiqlash zarurati haqidagi munozara 2022-yil iyun oyida tomoshalardan birida tomoshabinlar o'tiradigan tribunaning qulab tushishidan keyin yangi dolzarblik kasb etdi. O'shanda hodisa oqibatida 4 kishi halok bo'lgandi, 300 dan ortiq kishi jarohatlangandi, deb xabar beradi report.az.