Maʼlumotlarga ko‘ra kema Karib dengizi tubidan topilgan. Ispaniya galleoni 1708 yilda ingliz kemasi bilan jang natijasida dengiz tubiga cho‘kib ketgan.
Kemada oltin, kumush va zumraddan yasalgan sandiqlar va undagi qimmatbaho buyumlar borligi aniqlangan. Mutaxassislarning dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, zargarlik buyumlarining umumiy qiymati 40 milliard dollar deb baholanmoqda.
Xabarga ko‘ra, cho‘kib ketgan kemani birinchi bo‘lib AQSH kompaniyasi topgan. Hozirda AQSH kompaniyasi va Kolumbiya hukumati o‘rtasida kelishuvlar olib borilmoqda. AQSH kompaniyasi Kolumbiyadan topilgan xazinaning 50 foizini talab qildi.