Bu haqda politsiya rahbari Karlos Triana ma'lum qilgan.

“Bugun politsiya va Kolumbiya uchun motam kuni. Terrorizm 12 jasur politsiyachining hayotdan olib ketdi va to'rt nafarini mayib qildi”, deb yozdi Triana, X ijtimoiy tarmog'ida. Oldinroq sakkiz kishi halok bo'lgani, sakkiz kishi jarohatlangani xabar qilingandi.

Vertolyot 21-avgust kuni Amalfi munitsipalitetida, Antiokiya departamentida urib tushirildi. Viloyat gubernatori Andres Julianning so'zlariga ko'ra, jangarilar dronlardan foydalangan.

Shu kuni Kolumbiyaning Kali shahridagi aviabaza yaqinida terakt sodir etildi. So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, yuk mashinasining portlashi oqibatida halok bo'lganlar soni 5 nafarga yetgan, 36 kishi jarohatlangan. Mamlakat Prezidenti Gustavo Petroning so'zlariga ko'ra, terakt uyushtirishda “Markaziy qo'mondonlik” ham gumon qilinmoqda.

Guruh 2016-yilda tinchlik bitimi imzolanganidan keyin tarqatib yuborilgan “Kolumbiya inqilobiy qurolli kuchlari”ning sobiq isyonchilari tomonidan tuzilgan, deb xabar berdi oxu.az.