Rossiya Fanlar akademiyasi Yagona geofizika xizmati Oltoy-Sayan bo'limi ma'lumotlariga ko'ra, zilzila epimarkazi Villavisensio shahridan 73 kilometr shimoli-sharqda, manba 10 kilometr chuqurlikda bo'lgan. Epimarkazdagi yer silkinishlari intensivligidan kelib chiqib, zilzila “halokatli” deb baholanmoqda.
Yer silkinishlari mamlakatning bir qancha shaharlarida, jumladan, evakuatsiya tadbirlari olib borilayotgan poytaxt Bogotada ham sezilgan. Halok bo'lganlar va jarohatlanganlar haqida ma'lumot yo'q, deb xabar beradi mir24.tv.









