Dasturga muvofiq mazkur korxonada 4 ta yo'nalish bo'yicha jami qiymati 61,52 million dollar bo'lgan 30 ta loyiha amalga oshirish rejalashtirilyapti. Buning natijasida qo'shimcha 3,52 trillion so'm (2021 yilga nisbatan 10,4 baravar) tovar mahsuloti ishlab chiqariladi, 133,7 million dollar (2021 yilga nisbatan 5,4 baravar) qo'shimcha eksport va 623 ta yangi ish o'rinlari tashkil etadi.
2024 yilga kelib bir qator yo'nalishlarda yuqori samaradorlikka erishiladi. Jumladan, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish 3,9 trillion so'mni tashkil etadi.
O'sish sur'ati esa 10,4 martaga oshadi. 164,2 million dollarlik eksport amalga oshirilib, o'sish sur'ati 5,4 baravarga yetkaziladi. Mahalliylashtirish dasturi bo'yicha 132 ta loyiha o'zlashtirilib, o'sish sur'ati 4,1 martaga yetkazilishi kutilmoqda. Yana bir muhim jihat shundaki, 1 ming 301 ta yangi ish o'rinlari yaratilishi ko'zda tutilgan.
Toshkent viloyati hokimligi
Axborot xizmati