Komendantlik soatiga fuqarolar munosabati qanday?

    Voqea-hodisalar 7 Iyul 2022 2709

    Bu haqda Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Faxriddin Abdullayev gapirib berdi:

    — Biz Nukus shahri Mustaqillik koʻchasida jamoat xavfsizligini, fuqarolar tinchligini taʼminlab turibmiz. Shu kungacha hech bir ommaviy tartibbuzarlik, koʻngilsiz voqea sodir etilgani yoʻq. Tinch-osuda hayot yoʻlga qoʻyilgan. Hozirgacha hech bir fuqaro komendantlik soati boʻyicha norozilik bildirmadi. Aksincha, ular oʻzlari kelib bizga rahmat aytib ketmoqda.

    Prezidentimiz, Oliy Bosh Qoʻmondonimizning birinchi kuniyoq bergan tezkor koʻrsatmasi bilan tinch fuqarolarga nisbatan hech qanday kuch ishlatish boʻlgani yoʻq, oʻq otar qurol ishlatilmadi. Harbiy qismlardan qurol-aslaha olib chiqilgani yoʻq. Faqatgina harbiy xizmatchilar oʻz xavfsizligini taʼminlash maqsadida maxsus vositalardan foydalandi.