Komi: yo'lovchi poyezdi relsdan chiqib ketgan joydan ikki kishining jasadi topildi

    Vorkuta-Novorossiysk yo'lovchi poyezdi relsdan chiqib ketgan joydan ikki kishining jasadi topildi, deb xabar berdi “Rossiya temir yo'llari”.

    Kecha tunda 511-sonli Vorkuta – Novorossiysk yo'lovchi poyezdining to'qqiz vagoni Inta yaqinidagi uchastkada rel`sdan chiqib ketdi. Poyezdda 195 nafar yo'lovchi va 20 nafar temiryo'lchi bo'lgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko'ra, jabrlanganlarning o'n nafari shifoxonalarda, ular orasida 14 yoshli qiz ham og'ir ahvolda.

    Tergov qo'mitasi jinoiy ish qo'zg'atdi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, hodisaga kuchli yog'ingarchilik sabab bo'lgan, deb xabar beradi ria.ru.