Komida poyezdning 9 vagoni relsdan chiqib ketdi

    511-sonli Vorkuta – Novorossiysk yo'lovchi poyezdining to'qqiz vagoni Komidagi uchastkada (Rossiya Federatsiyasi) relsdan chiqib ketdi, deb xabar berdi “Rossiya temir yo'llari” telegram-kanalida.

    Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, halok bo'lganlar yo'q, dedi Rossiya Tergov qo'mitasining G'arbiy mintaqalararo transport boshqarmasi. Vorkuta rasmiylarining aniqlik kiritishicha, jabrlanganlar bor – o'nga yaqin yo'lovchining ahvoli og'ir.

    Inta ma'muriyati ma'lumotlariga ko'ra, vagonlar stansiyadan chiqqanidan ko'p o'tmay relsdan chiqib ketgan. Poyezdda 232 kishi bo'lgan, taxminlarga ko'ra, halokat yo'ldagi nosozlik tufayli sodir bo'lgan.

    Shimoli-g'arbiy transport prokuraturasi tomonidan tekshiruv tashkil etilib, jinoyat ishi qo'zg'atildi.

    Bu uchastkada poyezdlar harakati to'xtatildi, u yerga Komi rahbari Vladimir Uyba uchib ketdi, deb xabar beradi ria.ru.