Komil Allamjonov lavozimidan ozod etildi

    Komil Ismoilovich Allamjonov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Prezident Administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi.

    Bu haqida Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.

    Xabarga koʻra, lavozimdan ozod etilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan amalga oshirilgan.

    «Komil Allamjonov yurtimizda soʻz erkinligini rivojlantirish, davlat organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash va xalq taʼlimi tizimini takomillashtirish boʻyicha Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev belgilab bergan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda katta natijalarga erishdi.
    Komil Ismoilovich bilan yaqindan ishlagan koʻp sonli hamkasblarimiz qatorida uning kasbiy mahoratini yuksak baholab, kelgusidagi faoliyatida ulkan zafar va muvaffaqiyatlar tilab qolaman», deb yozadi Asadov oʻzining sahifasida.