Bosh prokuratura tomonidan Komil Allamjonovga nisbatan sodir etilgan qotillikka suiqasd qilish bilan bog'liq jinoyat ishi doirasida Rossiya Federatsiyasi fuqarolari Bislan Rasaev va SHamil` Temirxanovlar qonunga xilof ravishda O'zbekistonga kirish va chiqish, jinoyat haqida xabar bermaslik hamda o'qotar qurolning qonunga xilof muomalasi kabi jinoiy harakatlarni sodir etganliklari aniqlangan.
B.Rasaev va Sh.Temirxanovlar O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan sirtdan ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llanilgan holda qidiruv e'lon qilingan.