Hamyurtimiz birinchi startdan keyin umumiy jadvalda 35-o‘rinni egallab turgandi. Ikkinchi start ancha muvaffaqiyatli chiqdi va u belgilangan masofani 1 daqiqa 14.72 soniya ichida bosib o‘tdi. Bu ko‘rsatkich bilan To‘xtayev ikkinchi startda 27-o‘rinni egalladi va ikkita urinish natijasiga ko‘ra 29-pog‘onani band etdi.
Ushbu dasturda g‘oliblik shveysariyalik Marko Odermattga nasib etdi. Sloveniyalik Jan Kranjich esa ikkinchi bo‘ldi. Kuchli uchlikka Fransiya vakili Metyu Fevr yakun yasab berdi.
Komiljon To‘xtayev Osiyo qit’asi va turkiy tilli davlatlar orasida eng yaxshi natija qayd etdi.
Endi hamyurtimiz 16-fevral kuni slalom dasturida o‘z omadini sinab ko‘radi.