Bundan tashqari, mazut va koʻmir ikki yilga bojdan ozod qilinadi. Koʻmir importi uchun uch yil muddatga revolver kreditlar beriladi.
Mutasaddilar va hokimlar oldiga yaqin muddatda aholi va ijtimoiy soha uchun 1 million 200 ming tonna, yil yakunigacha yana shuncha koʻmir yetkazib berish, 1-oktyabrgacha 600 ming tonna koʻmir va 350 ming tonna mazut zaxirasini yaratish vazifasi qoʻyildi.