"Ko‘mir o‘g‘rilari" aniqlandi

    300,5 tonna koʻmirni boshqa shaxslarga bozor narxida sotgan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltiariq tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Unda “K.t.” MCHJ Farg‘ona viloyati filiali So‘x ko‘mir ombori mudiri U.A. va boshqalar tumandagi 7 ta MFY uchun ajratilgan ko‘mirni go‘yoki aholiga yetkazib berilgani haqida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, jami 300,5 tonna ko‘mirni boshqa shaxslarga bozor narxida sotgani aniqlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.