Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Unga koʻra, Qizil kitobga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar hamda yovvoyi hayvonlar turlarini tabiiy muhitdan ajratib olishni cheklashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Shuningdek, Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasining transformatsiyasi munosabati bilan ekologiya, oʻrmon xoʻjaligi sohasidagi davlat organlarining vakolatlari aniqlashtirilmoqda.
Bundan tashqari, qonunlardagi oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq tushunchalar “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida”gi Qonun normalariga muvofiqlashtirilmoqda.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.