Bu haqda Turkiya Tibbiyot fanlari universiteti Yuqumli kasalliklar va klinik mikrobiologiya kafedrasi mudiri, professor Ilyos Dokmetash Haberturk nashriga maʼlum qildi.
Mutaxassisning fikriga ko'ra, ko'plab kasalliklar kondisioner orqali yuqishi mumkin.
“Havo isishi bilan odamlar kondisionerdan tez-tez foydalanadi. Virusli infektsiyalarning aksariyati shamollatish tizimlari orqali yuqishi mumkin. Uyda, ish joyida, odamlar ko'p bo'lgan binolarda kondisionerdan foydalanish o'rniga, derazalarni ochib, binoni shamollatish yaxshiroqdir”, — deydi u.
Mutaxassis, shuningdek, odam faqat o'z uyida, qisqa vaqt ichida kondisionerni ishlatishi mumkinligi, ammo o'sha uyda yashamaydigan insonning u erga kirishi va kondisionerdan foydalanishi juda xavfli ekanini aytib o'tdi.
“COVID-19”ning paydo bo'lganiga bir yildan oshdi. Endi biz bilamizki, koronavirus 99 foiz nafas yo'li orqali yuqadi. Binobarin, odamlar ko'p bo'lgan joylar, masalan, kafe, metro, kasalxonalar, banklarda kislorod almashinuvi ro'y beradi. Bunday joylarda imkon qadar kam odam bo'lishi va binolar tez-tez shamollatilishi lozim”, — deya xulosa qildi mutaxassis.